“Valday” xalqaro bahs klubidagi chiqishi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin OAVga qarshi kurashishning demokratik yo‘li haqida gapirib berdi. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, OAVga qarshi kurashishning yagona demokratik yo‘li — yorqin, obrazli va iste’dodli nutq so‘zlashi, odamlarni ishontirishdir.
“Kimgadir yoqmasang, kurashning yagona yo‘li bor — fikringni yorqin, obrazli, iste’dodli ifodalash, hamma odamlar nuqtai nazaringga ishonsin, sening ortingdan borsin. Qolgan yo‘llar demokratik emas”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Shu bilan birga, Putin AQShda Rossiya mediasi atrofida shakllangan vaziyatdan xavotirdaligini bildirdi. U Rossiya ham AQShga tegishlicha javob berishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)