Zamonaviy ko‘cha modasi eklektikaga boy va o‘ziga xoslikni bo‘rttirib ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda liboslarda xato qilish juda qiyin.

Bugungi kunda kiyinar ekanmiz bir necha xatolar va odatlarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Biz o‘z qiyofamizni didli, yorqin va unutilmas qilish uchun bu xatolarni chetlab o‘tishimiz lozim bo‘ladi.

 Agar printlarni birga qo‘shishdan qo‘rqsangiz

Foto: “Heroine.ru”

Eng ko‘p tarqalgan xato — bu har xil printlarni birga qo‘shishdan qo‘rqish. Ko‘pchilik buni didsizlik, haddidan oshirib yuborish yoki ma’nosiz deb o‘ylaydi.

Lekin aslida har xil ranglarning birlashishi qiyofangizga tozalik va benuqson bichim berishi mumkin, asosiysi — ularni to‘g‘ri birlashtirish va yorqin qismlar neytral tonlar yordamida silliqlanishini unutmasligingiz lozim.

Agar qora va to‘q ko‘kdan qochayotgan bo‘lsangiz

Foto: “Heroine.ru”

Qora va to‘q ko‘k ranglar o‘z-o‘zicha juda ajoyib ko‘rinadi. Bir vaqtning o‘zida asosiy va latofatli bo‘lish bilan birga, bunday kiyim har qanday garderobni to‘ldiradi.

Lekin, bu ranglarni birgalikda kiyish ko‘pchilikka to‘q tonlarni oshirib yuborish bo‘lib tuyuladi.

Biz esa to‘q ko‘k qora bilan qo‘shilganda stilga juda muvofiq bo‘lib ko‘rinadi deb hisoblaymiz.

Vintajning qancha bo‘lishi kerakligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa

Foto: “Heroine.ru”

Vintaj yoki garderobning retroqismlari — bu qiyofani, hatto u eng oddiy kiyimlardan iborat bo‘lsa ham, yanada o‘ziga xosroq qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Lekin vintaj qanchalik ajoyib bo‘lmasin, uni me’yorida ishlatish kerak. Esingizda tuting: kombinatsiya qancha murakkab bo‘lsa, shuncha yaxshi, lekin agar siz eski modadagi qiyofangizni zamonaviy buyumlar bilan aralashtirmasangiz, yoshingiz ancha katta ko‘rinib qoladi.

Manba: “Heroine.ru”