Xitoy 2035-yilga qadar o‘z qurolli kuchlarini to‘liq modernizatsiyadan o‘tkazib, zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan kuchga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin Kompartiya 19-syezdidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz milliy mudofaa va qurolli quvvatlarimizni kuchaytirishda yangi tarixiy pallaga yetib keldik… Biz yangi asrga kirish uchun partiyaning armiyani kuchaytirish g‘oyasini to‘laligicha hayotga tatbiq etishimiz lozim”, — dedi Si Szinpin.
U Xitoy kuchli va zamonaviy armiya, flot, harbiy-havo kuchlari, quruqlik qo‘shinlari, shuningdek, strategik madad qo‘shinlarini yaratishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)