The Washington Post gazetasida chop etilgan sharhlardan birida AQSh prezidenti Donald Trampga chet el yetakchilari qanday baho berilishi lozimligi hikoya qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Maqola muallifining so‘zlariga qaraganda, noyabrda davlat rahbari Osiyoga yo‘l oladi, va bu uning AQSh prezidenti sifatidagi hozircha eng muhim safari bo‘ladi.
Chet el maxsus xizmatlari Tramp haqida ma’lumot to‘plashga urinishi shubhasiz, bu bilan ular o‘z davlatlari yetakchilariga Oq Uyning joriy rahbari bilan qanday muomala qilish borasida tavsiyalar tayyorlaydi.
Maqola muallifi bu ish bilan shug‘ullanadigan tahlilchilarga bir necha maslahat berdi. Xususan, u Tramp “xaos yaratish”ni yaxshi ko‘rishini, jiddiy tahdidga uchrashdan hayiqmasligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Tramp barcha narsaga shaxsiy nuqtai nazardan qarashi ta’kidlandi.
“Amerikalik sifatida Trampning prezidentlikka yondashuvini xavfli va ixtilofli deb hisoblayman. Ammo chet el hukumatlari bundan xavotir olmasliklari lozim. Ular Trampni tushunib, uni o‘z manfaatlari tomonga og‘dirishga urinadi”, — xulosa qildi muallif.
Izoh (0)