Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichini “Manchester Siti” kabi yo‘qotishlarsiz davom ettirmoqda.
Bunga qadar Portugaliyada “Portu”ni, o‘z maydonida Germaniya vitse-chempioni “Leyptsig”ni taslim qilgan “Beshiktosh” futbolchilari, endi Fransiya chempionini Monakoda yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda turkiyalik futbolchilar o‘z irodasini namoyish eta oldi.
Shu tariqa “Beshiktosh” 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Shenol Gunesh jamoasi pley-off bosqichi uchun yaxshigina qadam tashlab bo‘ldi. Keyingi uch turda qo‘lga kiritiladigan 1 ochko ham Turkiyaning amaldagi chempioni uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ehtimoliy jihatdan “Beshiktosh”da 9 ochko bilan ham guruhdan chiqish imkoniyati bor.
O‘tgan mavsum Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib borgan Fransiya chempioni “Monako”, joriy mavsum oqsashda davom etmoqda. Ilk turda Germaniyadan 1 ochko bilan qaytgan monakoliklar, o‘z maydonlarida o‘tgan keyingi ikki turni boy berib ulgurdi. Transfer oynasida bir qator yetakchi futbolchilarini “Siti” va “PSJ”ga sotishga majbur bo‘lgan “Monako”ning pley-offga yo‘l olishi katta so‘roq ostida.
Yevropa Chempionlar Ligasi “G” guruhi. 3-tur 17-oktabr, seshanba
Izoh (0)