Samarqand viloyat xalq deputatlari kengashi to‘ylar va oilaviy marosimlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish bo‘yicha jamoat kengashi tuzishga qaror qildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Kengashga jamoat komissiyalari tuzish topshirildi. Komissiyalar tarkibiga ko‘p yillik stajga ega faollar va mehnat faxriylari kiradi. Ular mahallalarda to‘y marosimlari va tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Kengash, shuningdek, to‘ylarni kamtarona o‘tkazish fikriga qo‘shilmaydigan odamlar orasida tushuntirish ishlari blib boradi, mahallalar va mehnat jamoalarida muhokamalar o‘tkazadi hamda “tegishli choralar” ko‘radi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqanddagi vakolatxonasiga aholini kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘mak berishga va to‘ylarni kamtarona o‘tkazishga chaqirish tavsiya etildi.
Izoh (0)