Kuz faslida biz ham didli ko‘rinishimiz va ham sovqotmasligimiz uchun nima kiyishni o‘ylab qolamiz. Sizga modaga muvofiq bo‘lib ko‘rinishga yordam beradigan kurtkalarning 4 modelini havola qilmoqchimiz.

Foto: Rambler Weekend

Olifta polk

Militari uslubidagi ustki kiyimlar bir necha mavsumdan beri trend bo‘lib qolmoqda. Birinchidan, ular universal. Ularni ko‘ylaklar bilan ham, jinsilar bilan ham kiyish mumkin.

Ikkinchidan, ular sovuqlardan himoya qiladi. Ularning ko‘pchiligiga matoning  shamol o‘tkazmasligi uchun maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi. Yoqasidagi mo‘yna esa issiqlikni saqlab turadi.

Qancha yumaloq bo‘lsa, shuncha issiqroq

Shishirilgan kurtka o‘tgan haftadagi moda podiumlarining haqiqiy xitiga aylandi. O‘zingiz uchun ham shunday kurtkalardan birini tanlashning ayni vaqti. Yorqin jiloli yoki vinilli modellariga e’tiboringizni qarating.

Agar siz to‘ladan kelgan bo‘lsangiz, sonning yarmigacha keladigan uzunlikdagi kurtkalar mos keladi. Belingizni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun, kurtkaning ustidan cho‘ziluvchan enli kamar taqing.

Yanada kaltaroq

Kurtkaning kaltaroq modellari isitishdan ko‘ra ko‘proq modaga muvofiqroq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, agar siz vaqtingizni rulda o‘tkazsangiz va uzoq sayrlarda bo‘lmasangiz, shunday modelni tanlaganingiz yaxshi.

Shuningdek, bunday kurtkalar teatrga yoki ish yuzasidan uchrashuvga borayotganingizda eskirgan kalta po‘stinlarning o‘rnini bosishi mumkin.

Yengil va issiq

Mo‘ynalardan qilingan kurtkalar — eng moda ketidan quvadiganlar uchun trend. Ochig‘ini aytganda, ko‘pchilik dizaynerlar o‘z kolleksiyalarida sun’iy materiallardan foydalanishgan. Aynan shuning uchun bunday kurtkalar juda yorqin: ko‘k, qizil, och pushti, binafsha va yashil ranglarda chiqarilgan.

Manba: “Passion.ru”