Rossiyaning Kaliningrad shahri meri Aleksandr Yaroshuk shahar aholisiga futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon chempionati payti “shahardan chiqib, tabiat qo‘ynida dam olish”ni tavsiya qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Shahar to‘lib-toshib ketadi. Harakatlanish juda qiyinlashadi, amalda taqiqlab qo‘yiladi, ishqibozlarni olib yuradigan ‘moki’lar istisno”, — dedi Yaroshuk “Komsomolskaya pravda Kaliningrad” radiostansiyasi efirida.
Shuningdek, mer Kaliningrad qabul qilayotgan to‘rt uchrashuvdan biri “top” darajada bo‘lishini qayd qildi.
“Shaharga 70–100 ming turist keladi. Asosan shaharda sayr qilishadi, pablarda o‘tirishadi. Albatta, barcha stadionga tusha olmaydi”, — dedi u.
Shu bois, merning fikricha, Jahon chempionati kunlari shaharliklar “tartibli, mehribon bo‘lishi, hech kimni urmasligi” lozim.
“Agar ingliz tilini bilsangiz, mehmonlar bilan muloqot qilishingiz, shahar haqida gapirib berishga tayyor turishingiz, qisqasi, mehmondo‘st bo‘lishingiz kerak”, — dedi shahar rahbari.
Oldinroq viloyat hokimiyati futbol o‘yinlari o‘tadigan uch begim kunini ishlamaydigan kunga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgan edi. Kaliningrad qabul qiladigan to‘rtinchi uchrashuv dam olish kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)