O‘zbekiston Tatariston poytaxti Qozonda bosh konsulligini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozon federal universiteti talabalari bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi ikkinchi kotibi Damir Mamatqulov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Novosti Uzbekistana”.
Bosh konsullik qachon ochilishi borasidagi aniq ma’lumot taqdim etilmadi.
Avgust oyida Rossiya bosh vaziri Qozonda O‘zbekiston bosh konsulligi ochilishi borasidagi farmonni imzoladi. Idora Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiya, Chuvashiya, Perm o‘lkasi, Nijniy Novgorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov, Ulyanovo viloyatlariga javob beradi.
Izoh (0)