Thomson Reuters Foundation reytingidan 10 milliondan ortiq aholisi bor megapolislar o‘rin oldi. So‘rovda ishtirok etgan ekspertlar shaharlarga u yerda sodir bo‘ladigan zo‘ravonliklar, ayollarga an’anaviy madaniyatni singdirish, tibbiy xizmat darajasi, ta’lim va boshqa omillarni hisobga olib baho berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”.
Misr poytaxti — Qohira o‘zining madaniy an’analari tufayli ayollar uchun dunyodagi eng xavfli shahar deya topildi
Reytingda ikkinchi o‘rinni Pokistonning Karachi shahri egalladi
Uchinchi o‘rinni esa Kongo demokratik respublikasining poytaxti — Kinshasa band etdi
To‘rtinchi o‘rinda Dehli (Hindiston)
Top-5 likka Peru poytaxti — Lima yakun yasadi
Oltinchi o‘rinni Mexiko egalladi (Meksika)
Yettinchi o‘rinda Dakka shahri (Bangladesh)
Reytingning sakkizinchi pog‘onasidan Lagos shahri (Nigeriya) o‘rin oldi
To‘qqizinchi pog‘onani Indoneziyaning Jakarta shahri egalladi
Top-10 likka Istanbul yakun yasadi (Turkiya)
Moskva shahri esa ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxatida 16-o‘rinni egalladi. Ayollar uchun eng xavfsiz shahar deya London tan olindi
Izoh (0)