Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanov, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, trombning yorilib ketishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Aktyorning do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, Maryanov Podmoskovyedagi dala hovlida hushini yo‘qotgan. Aktyor u yerda hordiq chiqarayotgan edi.

Maryanovning do‘stlari tez yordam chaqirgan. Biroq tez yordam texnik sabablarga ko‘ra kelmagan. Aktyor shaxsiy avtomashinada politsiya hamrohligida kasalxonaga olib kelingan, biroq shifokorlarning urinishlari besamar ketgan.