Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyadagi harbiy operatsiya oxiriga kelib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shoygu ushbu bayonotni Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman bilan Tel-Avivda o‘tkazgan uchrashuvida berdi.
U “darhol hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha jihatlar bor”ligini ta’kidladi.
“Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalaridan tashqari, albatta, terrorchilikka qarshi kurash va mintaqadagi vaziyat bilan bog‘liq masala asosiy hisoblanadi”, — dedi vazir.
Izoh (0)