16-oktabr kuni Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi bilan Arab iqtisodiy hamkorlik forumining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining delegatsiyasi ishtirok etdi.
Arab davlatlari ligasiga a’zo mamlakatlar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjonning vakillari turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Yig‘ilish yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi.