Olimlar ikki neytron yulduzining birikishidan kelib chiqqan gravitatsion to‘lqinlarni qayd qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bunday natija tarixda birinchi marta qo‘lga kiritildi. Ilgarilari olimlar qora tuynuklar keltirib chiqargan gravitatsion to‘lqinlarni qayd qilgan edi.
Gravitatsion to‘lqinlar 2017-yil 17-avgustida qayd qilindi. Uning manbai Quyosh massasidan 1,1 va 1,6 marta katta bo‘lgan ikki neytron yulduzining birikishi bo‘ldi. Ular Yerdan 130 million yorug‘lik yili narida edi.
Manba birinchi marta bu qadar yaqin masofada qayd qilinishi. Oldingi to‘lqinlar milliard yorug‘lik yili naridan yetib kelardi.
Izoh (0)