Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan xususiy tadbirkorga qarashli savdo do‘konlarida yong‘in ro‘y berdi.
“Daryo” manbalariga ko‘ra, do‘konlar Zangiota tumani Xonobod QFY Nurli Hayot ko‘chasi 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan.
Yong‘in bugun, 15-oktabr kuni soat 4:00 da qayd qilindi.
Hozirda yong‘in o‘chirilgan. Voqea sabablari aniqlanyapti.
Izoh (0)