Vazirlar Mahkamasining 12-oktabrdagi 821-sonli “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) bilan hamkorlik to‘g‘risida”gi qarori chop etildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNЕSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya ISESCO bilan hamkorlik bo‘yicha koordinator sifatida belgilandi. Tashkilot ijro qo‘mitasida O‘zbekiston vakili sifatida Toshkent islom universiteti rektori faoliyat yuritadi.
Moliya vazirligiga keyingi yildan boshlab O‘zbekistonning har yili ISESCO’ga a’zolik badalini to‘lab borishini inobatga olish topshirildi.
Hujjat milliy qonunchilik bazasida rasman e’lon qilinib, 13-oktabrdan kuchga kirdi.
Izoh (0)