Prezident saylovi chog‘ida Qirg‘izistonning amaldagi rahbari Almazbek Atambayev ovoz berish uchun saylov uchastkalaridan biriga kelganida OAV bilan muloqot qildi. Muloqot chog‘ida u parlamentning sobiq spikeri Zayniddin Qurmanov Qarqira darasi masalasi hal qilinmagan taqdirda Qozog‘iston tanklarini olib kirishi mumkinligini aytganini eslatib o‘tdi. Voqea tafsilotlarini K-News keltirmoqda.
Facebook’dagi sahifasida Qurmanov prezidentning gaplariga izoh berarkan, bu axborot haqiqatga mos kelmasligini ta’kidlab o‘tdi. Qurmanovning so‘zlariga qaraganda, Qirzig‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun 2008-yili imzolangan, u esa 2009-yil dekabirda spiker bo‘lgan.
Qurmanov Xitoy tanklari haqida gapirganini ta’kidlab o‘tdi:
“Ratifikatsiya qilinmagan chegara kelishuvi tufayli Qozog‘iston tanklarining olib kirilishi haqida faqat havaskor gapirishi mumkin edi, men esa unaqamasman. Men Qirg‘iziston – Xitoy chegarasi haqidagi kelishuv ratifikatsiyasi chog‘ida Xitoy tanklarining olib kirilishi haqida gapirgandim”.
Izoh (0)