To‘g‘ri ovqatlanish allaqachon ichida ishtirok etuvchi afsonalar va yolg‘onlar bilan birga haqiqiy fanga aylanishga ulgurdi.

Foto: Flickr

Biz siz uchun oziq-ovqatlar haqida anchadan buyon saqlanib kelayotgan va keng tarqalgan bir necha afsonalarni to‘pladik va tadqiqotchilarning bu boradagi fikrlari haqida aytmoqchimiz.

  1. Sabzavotlar to‘liq pishirishni talab qiladi

Tadqiqotchilar sabzavotlarni to‘liq pishirish ularni ko‘p miqdordagi foydali moddalardan, shu jumladan eruvchan tolalar, C vitamini va saraton kasalliklarining oldini olish uchun zarur bo‘lgan modda — glyukosinolatdan mahrum qilishini aniqladilar.

Uzoq pishirish vitaminlarning suv bilan birgalikda bug‘lanib ketishiga olib keladi. Shuning uchun sabzavotlarni pishirishning eng yaxshi yo‘li — bu ularni tovada biroz suv bilan birga tezroq qizdirish. Iloji boricha sabzavotlarni xom holda iste’mol qiling.

  1. Yog‘ sog‘liq uchun zararli

Yog‘ har doim zararli masalliq sifatida qabul qilib kelingan, chunki ularning yuqori miqdori — yurak uchun, ortiqcha vazn va xolesterinning oshish xavflarini tug‘diradi.

Lekin, yog‘larning zarari borasidagi tadqiqotlar ularni iste’mol qilishning yurak kasalliklariga hech qanday aloqasi yo‘qligini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, yog‘ — A, D, E vitaminlarining va to‘g‘ri metabolizmda muhim rol o‘ynovchi antioksidant — selenning manbai hisoblanadi.

  1. Yuqori proteinli parhezlar buyraklarga zarar yetkazadi

Bunga ishonish yaramaydi, chunki proteinning zararli ta’sirini ko‘rsatgan tadqiqotlar buyrak kasalliklariga moyil bo‘lgan odamlarda o‘tkazilgan edi. Agar ahvolingiz yaxshi bo‘lsa, unda yuqori proteinli parhez sizga nojo‘ya samaralarsiz vaznni kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Manba: “Zdorovie.com”