Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 24-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Juma oqshomida 4 ta bellashuv o‘tkazilgan va “Obod”ning raqibi “Qizilqum”ga texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, shanba kuni yana 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Dinamo” 10 ta o‘yindan keyin gol urdi, “Nasaf” Farg‘onada yirik hisobda zafar quchdi
Toshkentning “Bunyodkor” klubi Bekobodda ochko yo‘qotdi. “Metallurg” mehmoni bo‘lgan Mirjalol Qosimov shogirdlari so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shu tariqa “qaldirg‘ochlar” raqibi “Paxtakor”dan 2 ochko ortda qolishni boshladi.Boisi “Paxtakor” markaziy o‘yinlardan birida “Qo‘qon—1912” klubini qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi — 2:0.
Ulug‘bek Baqoyev murabbiylik qilayotgan “Buxoro” G‘uzorda 3 ochkoni qo‘lga kiritib, “Bunyodkor” bilan tenglashib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra “qaldirg‘ochlar” buxorolik futbolchilardan oldinroqda qayd etilgan.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 24-tur bellashuvlari 14-oktabr, shanba
Izoh (0)