Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shveysariya va fransuz arxeologlari Sakkaradagi “ehromlar vodiysi”da qadimgi podshohlikning so‘nggi fir’avnlaridan biri Pepi II onasining qabrini bezagan oltin uchlik — piramidionni topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz bu toshni fir’avn Pepi I ehromidan shimolda, uning turmush o‘rtog‘i, qadimgi Misr hukmdorlarining oltinchi sulolasi vakili Pepi II onasi malika Ankxnespepi I ehromi bo‘lishi taxmin qilingan joyda aniqladik. Shu paytgacha bizda bunday piramidionni topishimizdan darak beruvchi hech qanday alomat yo‘q edi”, — deydi qazilma ishlari rahbari Filipp Kollomber.

Piramidionning balandligi 1,3, uzunligi 1,1 metr bo‘lib, toshning yuqori qismi buzilgani, biroq asosi va quyi qismi yaxshi saqlangani bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Misrda barpo etilgan deyarli barcha ehromlar cho‘qqisi oltin va boshqa qimmatbaho metallar qoplangan maxsus tosh — piramidion bilan bezatilgani tufayli o‘nlab kilometr uzoqdan ko‘rinib turgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?