Tayvan rasmiylari Qualcomm kompaniyasini salkam 800 mln dollar jarimaga tortdi

Tayvan adolatli savdo komissiyasi AQShning chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasini 23,4 milliard yangi Tayvan dollari (773 million AQSh dollari) miqdoridagi jarimaga tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Mazkur jarima Tayvan uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Komissiya Qualcomm mikrosxemalar bozorining CDMA, WCDMA va LTE kabi segmentlarida monopolchi bo‘lganini qayd etdi. Kompaniya Tayvan antimonopol qonunchiligini kamida 7 yil davomida buzib kelgan va bu vaqt mobaynida mahalliy kompaniyalardan litsenziya hamda boshqa to‘lovlar ko‘rinishida 400 milliard Tayvan dollari to‘plagan.

Qualcomm’ga jarima to‘lashdan tashqari har 6 oyda komissiyaga jabrlangan tomonlar bilan muzokaralarning borishi haqida hisobotlar jo‘natish majburiyati yuklandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing