Oltin trap, minglab xizmatkorlar va to‘lig‘icha band qilingan Four Seasons mehmonxonasi — Saudiya Arabistoni qirolining Rossiyaga birinchi tashrifi shular bilan ham esda qoladi. Monarxni kuzatgan Forbes Life OneTwoTrip’dagi hamkasbi bilan bog‘lanib, boshqa dunyoviy yetakchilar qanday sayohat qilishini hikoya qilishni so‘radi. Nashr Rim papasi Fransisk chamadonchasida nima saqlanishi, nega shahzoda Uilyam o‘g‘li bilan sayohat qila olmasligi va Bruney sultoni samolyoti bortida nima borligi haqida hikoya qiladi.

Buyuk Britaniya qirollik oilasi

Foto: Getty Images

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton oxirgi yillarda bir nechta jahon turnelarini amalga oshirdi: ular Yangi Zelandiya, Avstraliya, Hindiston, Butan va Kanadaga rasmiy tashrif bilan bordi. Barcha sayohatlarda qirollik oilasiga Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari shifokori va 10—20 kishidan iborat kichikroq mulozimlar guruhi hamrohlik qiladi.

Qoidaga ko‘ra, ikki monarx: masalan, shahzoda Charlz va qirolicha yoki shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam bitta samolyotda ucha olmaydi. Xavfsizlik jihatidan shunday qilinadi. Shahzoda Uilyam o‘g‘li shahzoda Jorj 12 yoshga to‘lgunga qadar bitta samolyotda bo‘lishi mumkin.

Safar oldidan Bukingem saroyi monarx yo‘l olgan mamlakatlar bosh oshpazlari bilan bog‘lanadi va menyuni kelishadi. Asosiy shartlardan biri: taomlarda ziravorlar minimum darajada bo‘lishi kerak. Britaniya monarxlari safarlari davomida zaharlanib qolish oson bo‘lgan dengiz mahsulotlari iste’mol qilmaydi.

AQSh prezidenti

Foto: Getty Images

Har bir mamlakatda davlatning birinchi shaxslarini olib yuruvchi “birinchi raqamli bort” bor. AQShda bu Boeing VC-25A. Unda prezidentning ishchi kabineti va mehmonlar uchun qabulxona bor, prezident apartamentlari esa havo kemasining burnida joylashgan. Prezident samolyotiga 100 dan ortiq odam bemalol joylashishi mumkin. Aytishlaricha, Amerikaning hozirgi yetakchisi samolyotida doim ketchup butilkasi saqlanadi. Bu istalgan joyda prezidentga uning sevimli steykini tortish uchun kerak.  Amerika prezidentini doim ko‘p sonli shaxsiy qo‘riqchilar (ba’zan ular butun bir mehmonxonani egallaydi) hamrohlik qiladi, o‘zi esa faqat zirhlangan avtomobilda harakatlanadi.

Saudiya Arabistoni qiroli

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz ibn Abdurahmon Al Saud hashamat bilan sayohat qilishni xush ko‘radi: joriy yilning martida u Osiyo bo‘ylab turnega chiqib, unga 1 500 kishilik mulozimlar hamrohlik qildi. Qirol 459 tonna bagajli 36 ta samolyotda, ikkita Mersedes S600 limuzinida va samolyot trapi sifatida qo‘llanadigan oltin suvi yuritilgan ikki eskalator bilan harakatlandi. Qirol xavfsizligi uchun 100 dan ortiq shaxsiy qo‘riqchi javobgar bo‘ldi. Monarx hashamatga o‘rgangan — istalgan mehmonxonada u uchun qimmatbaho arab gilamlari yoziladi. Ular dunyo bo‘ylab uning ortidan olib yuriladi.

Rim papasi

Foto: AP

Rim papasi doim vatikanlik mansabdorlar va shaxsiy matbuot-xizmati hamrohligida sayohat qiladi. Papa Fransisk istalgan safarga kichikroq sakvoyaj oladi. Unda duolar matnlari bo‘lgan diniy kitob (breviariy), bo‘lajak uchrashuvlar jadvali bo‘lgan yon daftarcha, mutolaa uchun kitob va ustarani olib yuradi. Rim papasi Katolik cherkovi rahbari ekanligiga qaramasdan, kamtarona sayohat quladi — shunchaki Alitalia aviakompaniyasidan havo kemasini ijaraga oladi.

Bruney sultoni

Foto: Getty Images

Bruneyning birinchi yuzi — Hasan Bolkiax sayyoraning eng boy kishilaridan biri. Bruney sultoni o‘z Boeing 747-400 samolyotini mustaqil boshqaradi. Havo kemasini bezatish sultonga 120 million dollarga tushgan. Samolyotning mehmonxona, yotoqxona va vanna xonasi qimmatbaho metallar va kristallar bilan bezatilgan, rakovinalar esa yaxlit oltindan ishlangan. Bolkiax o‘zi bilan 400 kishidan kam bo‘lmagan mulozimlarni olib yuradi.

Marokash qiroli

Foto: Getty Images

Marokash qiroli Muhammad VI mamlakat bo‘ylab Mercedes’da harakatlanadi. Unga qo‘riqchilar korteji hamkorlik qiladi. Xorijiy safarlar uchun esa bortida kinoteatr va bilyardi bo‘lgan shaxsiy samolyotidan foydalanadi. Yil davomida mamlakat bo‘ylab 12 ta qirollik saroyida sohibining kelishiga hamma narsa tayyor va ob-havodan qat’iy nazar 17 daraja harorat saqlanadi. Monarx avtomobillarning katta kolleksiyasiga ega, ular orasida Aston Martin, Maybach, Rolls-Royse va Ferrari ham bo‘lib, ularda qirol qarorgohlari o‘rtasida harakatlanadi.