Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Boyqo‘ng‘irda qo‘shma loyihani rivojlantirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Boyqo‘ng‘irda dasturni amalga oshirishga kelishib oldik, unga ko‘ra alohida maydonlarda Rossiya bilan qo‘shma korxonalarni rivojlantiramiz, o‘shanda toza yoqilg‘i — kislorod-vodorod bilan uchadigan alohida uchirish qurilmasini yaratamiz”, — dedi Nazarboyev Putin bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra.
“Qozog‘iston aniq kosmik hokimiyatga aylanmoqda”, — qo‘shimcha qildi Nazarboyev.
Prezident Qozog‘istonning Yerni zondlash bo‘yicha to‘rtta sun’iy yo‘ldoshi ishlayotganini eslatib o‘tdi.
“Endi raketa uchirishda ishtirok etamiz va o‘z kadrlarimizni tayyorlaymiz”, — xulosa qildi u.
Izoh (0)