O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov tarkibidagi delegatsiya 13–15-oktabr kunlari Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki guruhi boshqaruvchilar kengashining navbatdagi yillik majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzDaily

Yillik hisobot va kelgusi yil uchun budjetni tasdiqlash, shuningdek, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va moliyaviy faoliyatga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing