Fizika to‘g‘risida gap ketganda, biz qandaydir formulalarni, oddiy odamga keraksiz bir g‘alati va tushunarsiz narsani tasavvur qilamiz.
Balki siz kvant mexanikasi va kosmologiya to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bizning hayotimizni tashkil qiluvchi hamma narsalar: sayyoralar va buterbrodlar, bulutlar va vulqonlar, ko‘piklar va musiqa asboblari aynan mana shu ikki qutblar orasida joylashgan. Va bularning hammasini fizika qonunlari boshqaradi.
Biz bu qonunlarning amalda qo‘llanilishini har doim kuzatishimiz mumkin. Masalan, ikkita: xom va qaynatilgan tuxum oling — ularni aylantiring, keyin esa to‘xtating. Qaynatilgan tuxum to‘xtab qoladi, xomi esa yana aylana boshlaydi. Chunki siz uning faqat qobig‘ini to‘xtatdingiz, ichidagi suyuqlik esa aylanishni davom ettirmoqda.
Bu ichki turtki lahzasining saqlanish qonunining ko‘z oldingizda namoyon bo‘lishidir. Uni soddaroq qilib shunday tushuntirish mumkin: tizim o‘z doimiy o‘qi atrofida aylanishni boshlar ekan, to nimadir to‘xtatmaguncha u aylanishda davom etaveradi. Bu Koinotning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Demak, biz oshxonamizda sinab ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan qonun insoniyatning eng misli ko‘rilmagan texnologiyalaridan birining tuzilishini ham tushuntirib beradi.
Atrofimizdagi bizni o‘rab turgan dunyoning qanday tuzilganini bilish uchun avvalo uning asoslari bo‘lgan — fizika qonunlarini o‘rganishimiz kerak. Fizika — bu faqat murakkab formulalardangina iborat emasligini tushunishimiz lozim. U har birimizga juda yaqin va aynan ko‘z oldimizda.
Agar sizga biron-bir qiziqarli hodisa duch kelishini kutishni xohlamasangiz, mayizni gazlangan suv ichiga qo‘ying va nima sodir bo‘lishini ko‘ring. To‘kilgan qahvaning qanday quriyotganini kuzating.
Manba: “Layfxaker”