Faqat charchoq belgilarini yo‘qotadigan va keyinchalik esa qator nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqaradigan hapdorilar ichishning o‘rniga organizmga biroz bo‘lsa-da orom, vitaminlar va tabiiy mahsulotlar kerak ekanligini unutmang.

Foto: Depositphotos

Biz siz uchun charchoqni dori-darmonlarsiz qanday yengish kerakligi haqidagi bir necha foydali maslahatlarni to‘pladik.

  1. Tomoq og‘rig‘i

Tomoqning yallig‘lanishi — bu nafaqat kasallik vaqtida, balki siz tinmay ishlayotganingizda, ko‘p gapirgan yoki stress kechirayotgan paytlarda ham paydo bo‘ladigan muammo.

Darrov dori vositalariga yugurish kerak emas, chunki og‘riqni tabiiy yo‘l bilan yengishning ajoyib usullari ham bor.

Masalan, iliq moychechakli choy ichish. Agar choyga asal qo‘shilsa, unda yutinish ancha osonlashadi.

  1. Bosh og‘riqlari

Bosh og‘rig‘i har lahzada boshlanib qolishi va kayfiyatga, mehnat qobiliyatiga, shuningdek ishlar bilan shug‘ullanish imkoniyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Bosh og‘rig‘idan qutulish uchun, sizga bu vaqt ichida dam olishingiz mumkin bo‘lgan biroz tanaffus kerak bo‘ladi.

Agar vaqtingiz bo‘lsa, unda yoga bilan shug‘ullanib ko‘ring. Hammasi bo‘lib bir soat — va siz o‘zingizni ancha yaxshiroq his qilasiz.

Shuningdek uyqu yoki yoqimli muhitda yengil ovqatlanish ham yordam beradi.

  1. Yuklama

Charchoq kun davomida zimmangizga haddan tashqari ko‘p vazifalarni olishingiz natijasida paydo bo‘ladi.

Charchashdan divan ustiga yiqilishning o‘rniga, yaxshisi tabiiy yog‘lardan foydalanganingiz ma’qul. Tananing ma’lum bir sohalariga yog‘ surish mushaklardagi zo‘riqishni kamaytiradi va o‘zingizni yengil his qila boshlaysiz.

Shuningdek, charchashning sabablaridan biri xonada kislorod miqdorining yetishmasligi bo‘lishi ham mumkin. Derazalarni oching yoki toza havo olishga chiqing, bir necha daqiqadan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilasiz.

Manba: Rambler Weekend