YouTube’dagi NightHawkInLight kanalining Ben ismli muallifi plastik butilkani otishga mo‘ljallangan qurilmani yig‘di. U gaz gorelkasi va yog‘och karkasga ulangan bir necha trubadan iborat, deb xabar berdi Meduza.

NightHawkInLight butilkomyot yaratilish jarayoni haqida batafsil videoni suratga oldi. Qurilmaning oddiy versiyasini yaratish uchun avtomatik o‘t oldiruvchi gaz gorelkasini trubaga ulab qo‘yish kifoya. Butilka shu turdagi trubaga kiygiziladi, shundan so‘ng foydalanuvchi ozgina gaz chiqarib, uni yoqib yuboradi.

Ixtirochining ta’kidlashicha, ushbu konstruksiya xavfsiz: plastik butilka yonayotgan gaz yorib yubora olmaydigan darajada mustahkam. Shunda qaramay Ben ko‘z va quloqlarga himoya vositasini taqib olishni maslahat berdi.