Ispaniyada milliy bayram — Ispaniya kuni munosabati bilan uyushtirilgan harbiy paradda ishtirok etayotgan Eurofighter qiruvchisi quladi. Uchuvchi katapultani ishga solishga ulgurmadi va, oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha, halok bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Twitter / @OscarSanchez

Fojia Madriddan 200 kilometr janubi-sharqdagi Lyanos-de-Albasetedagi aviabaza yaqinida ro‘y berdi.

[twitter_video link="https://twitter.com/AlbacteRincones/status/918424231578406912/video/1"]

Qiruvchi Madriddagi paradda ishtirok etayotgan edi. Paradni Ispaniya qirollik oilasi qabul qilayotgan edi.