Uyda yangi go‘shtdan tayyorlangan qarsilloq po‘stli sersuv tovuq bo‘laklari turli yemakxonalarda pishiriladiganlariga yaxshi muqobil bo‘la oladi, buning ustiga, u mazali va tez tayyor bo‘luvchi taomdir.

Foto: “Xitrosti jizni”

Masalliqlar:

  • 500 g tovuq to‘shi;
  • 200 g qattiq navli pishloq;
  • 3 ta tuxum;
  • 100 g bug‘doy uni;
  • ¼ qoshiq tuz;
  • ¼ qoshiq qora murch;
  • 50 ml o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi:

Tovuq to‘shini yupqa, tolalariga ko‘ndalangiga qilib kesamiz.

Pishloqni mayda tishli qirg‘ichdan chiqaramiz. Unni tuz va murch bilan aralashtiramiz.

Go‘shtni dastlab unga belab olamiz, so‘ng tuxumga botiramiz, shundan keyin qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa bulaymiz. Tovuq bo‘laklarini o‘rtacha olovda och tillarang tusga kirgunicha qovuramiz.

Yoqimli ishtaha!