O‘z qit’asining amaldagi chempionlari hisoblangan mamlakatlar JCh—2018 chiptasidan quruq qoldi: Kamerun, AQSh va Chili.

Foto: Google Images

AQSh termasi CONCACAF Gold Cup turnirining 2017-yilgisida finalga qadar yetib kelib, hal qiluvchi o‘yinda Yamaykani 2:1 hisobida taslim qilgan va musobaqa g‘olibiga aylangandi. JCh—2018 saralashida esa amerikalik futbolchilar Meksika, Kosta-Rika va Panamaga yo‘l ochib berdi. Ular hatto pley-offga yo‘llanma beruvchi o‘ringa ham ega chiqa olmadi.

AQSh termasi JCh—2018 saralashida “qahramonlarcha halok bo‘ldi”. Panama esa mundialda

Chili esa Copa America turnirida qatorasiga ikki marta zafar quchishga erishgandi. 2015 va 2016-yilgi musobaqalarda chililik futbolchilar finalda Argentinani penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgandi. JCh—2018 saralashida esa ular so‘nggi turni Braziliyaga yirik hisobda boy berib, mundialdan chetda qoldi.

Messi so‘nggi turda xet-trik qayd etib, Argentina termasini JCh—2018 ga olib chiqdi

Va nihoyat Kamerun terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasida 2017-yilgi mavsum g‘olibi bo‘lgandi. Finalda ular Misrga qarshi saf tortib, 2:1 hisobida ustun keldi. Misrliklar Jahon Chempionatiga chiqdi-yu, Kamerun termasi chiptadan quruq qoldi.

Ma’lumot uchun, Yevro—2016 chempioni hisoblangan Portugaliya termasi saralashni peshqadam sifatida yakunlab, Rossiya—2018 mundialida ishtirok etadigan bo‘ldi. Endi bor e’tibor Osiyo Kubogida g‘olib chiqqan Avstraliyaga qaratiladi.

Krishtianu Ronaldu va Yevropa chempioni Portugaliya JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi

Avstraliyalik futbolchilar 2015-yil o‘z maydonlarida kechgan Osiyo Kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. Ular ham yuqoridagi uch mamlakat kabi JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma yuta olmadi. Biroq pley-offda Suriyani taslim qilib, imkoniyatni saqlab qoldi. Qit’alararo pley-offda Avstraliya Gonduras bilan o‘ynaydi. Masala shundan keyin hal bo‘ladi.