Toshkent mezbonligida o‘tgan para-dzyudo bo‘yicha Jahon Kubogi O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Umumjamoa hisobida mezbonlar barchadan yaxshiroq natija qayd etdi.
Jahon Kubogida 30 mamlakatning 300 sportchisi ishtirok etdi, deb ma’lumot berdi O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati. Unda o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida qolgan mamlakatlarni ortda qoldirdi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, sovrdindor bo‘lgan 10 sportchining teng yarmi ayol para-dzyudochilar hisoblanadi. Musobaqa 13 ta vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lib, g‘olib sportchilar 1000 AQSh dollari bilan taqdirlangan. Kumush medallar sohiblarining har biriga 500, bronzachilarga esa 300 dollardan berildi.
Oltinlar
Shuhrat BoboyevSherzod NamozovFeruz SaidovParvina SamandarovaKumushlar
Nurbek MirzayevVasila AliboyevaSevinch SalayevaBronzalar
Sharif HalilovShirin SharipovFeruza YusupovaGulruh RahimovaJahon Kubogi O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, Sport qo‘mitasi hamda Dzyudo Federatsiyasi, Ko‘zi Ojizlar Xalqaro Sport Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Izoh (0)