O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan va shaxsi aniqlangan 16-o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildi.

Vazirlik O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga asoslanib xabar berishicha, 16-qurbon — 1979-yil, 7-mart kuni tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan Jo‘rabek Usmonov Jumayevich bo‘lib chiqqan.

“Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Vladimirdagi YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, ularning 16 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi. 8-oktabr kuni 15 nafar qurbonning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Vladimirdagi YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari

  • Ziyodullayeva Gulsanam Mashrab qizi, 24.06.2011-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Norboyev Alimardon Qo‘shnazar o‘g‘li, 22.05.1992-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Jo‘rayev Mahmatkarim Jumaqulovich, 20.05.1966-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani;
  • Kenjayeva Umida Bozorovna, 06.09.1990-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Jo‘ranazarov Abduqodir Rustam o‘g‘li, 08.11.1996-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Sattorov Ro‘zmat Nurali o‘g‘li, 23.02.1993-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Qosimov Tavakkaljon Tursunovich, 10.04.1973-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Andijon viloyati, Paxtaobod tumani;
  • Ro‘ziyev Tohir Mengliyevich, 30.01.1989-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Mahmudov Xolmurod Ro‘ziyevich, 19.09.1984-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani;
  • Abdukarimov Mardon To‘lqin o‘g‘li, 20.09.1997-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Termiz tumani;
  • Eshonqulova Sarvar Qurbonazar qizi, 03.01.1992-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani;
  • Qurbonov Saparvali Yozmurotovich, 08.12.1982-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Angor tumani;
  • Tangriqulov Davlatbek Mashrabovich, 18.05.2015-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Rossiya Federatsiyasi. Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida doimiy ro‘yxatda turgan;
  • Xolmirov Yusuf, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati;
  • Mirshod Mirzoyev Mirjon o‘g‘li, 29.08.1997-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Buxoro viloyati;
  • Jo‘rabek Usmonov Jumayevich, 07.03.1979-yilda tug‘ilgan, tug‘ilgan joyi — Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani.