Yevro—2016 g‘olibi sifatida JCh—2018 saralashiga kirishgan Portugaliya terma jamoasi, bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishdi.

Foto: FotMob

Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari saralashning ilk turida Shveysariyadan 0:2 hisobida yengilgandi. So‘nggi turda buning uchun intiqom olindi — 2:0. Mazkur g‘alaba Portugaliya termasiga Rossiya mundiali chiptasini taqdim etdi.

Ketma-ket 9 ta uchrashuvda zafar quchib, faqatgina so‘nggisida imkoniyatni boy bergan Shveysariya termasi pley-off yo‘llanmasidan umid qiladigan bo‘ldi. Bu borada Shveysariya 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan mamlakatlar orasida eng yaxshi natija qayd etgani bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu saralashni 15 ta gol bilan yakunladi va polshalik Robert Levandovskidan 1 ta aniq zarba ortda qoldi. Levandovski Yevropa saralashida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

JCh—2018. Saralash

“B” guruhi. 10-tur

10-oktabr, seshanba

Portugaliya — Shveysariya 2:0

Gollar: Yoxan Juru, 41-avt (1:0). Andre Silva, 57 (2:0).

Vengriya — Farer 1:0

Gol: Daniel Bede, 81 (1:0).

Latviya — Andorra 4:0

Gollar: Davis Ikauniyeks, 11 (1:0). Valeriy Shabala, 19 (2:0). Valeriy Shabala, 59 (3:0). Igor Tarasov, 63 (4:0).

Foto: FotMob

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya.