JCh—2018 saralashini muddatidan oldinroq muvaffaqiyatli yakunlagan va har ikki o‘yinda ham Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasini mag‘lub etgan Eron, o‘rtoqlik o‘yinida Rossiya bilan durang o‘ynadi.

Foto: Google Images

Karlush Keyrush jamoasi Qozon shahrida mehmon bo‘ldi. Faoliyatining katta qismini shu shaharda o‘tkazgan va Rossiya Premyer-Ligasida to‘p suradigan fors futbolchisi Sardor Azmun hisobni ochgan o‘yinda, JCh mezboni Rossiya mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi — 1:1. Qayd etish kerak, forslar JCh saralashining hech bir o‘yinida mag‘lub bo‘lmagandi.

Avvalroq Rossiya termasi Moskvada Janubiy Koreyani qabul qilib, 4:2 hisobida ustun kelgandi.

Toshkentda gol o‘tkazmagan Janubiy Koreya, Moskvada darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

Qozon. “Qozon Arena”

7-oktabr, shanba

Rossiya — Eron 1:1

Gollar: Sardor Azmun, 57 (0:1). Dmitriy Poloz, 74 (1:1).