Iroq sudi Kurdiston muxtoriyatining ajralib chiqishi bo‘yicha referendumni tashkil qilgan mustaqil komissiya rahbari va a’zolarini hibsga olish bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Tergovlar bo‘yicha sud komissiya rahbari va a’zolarini hibsga olishga ko‘rsatma berdi”, — deyiladi Iroq oliy sud kengashi bayonoti matnida.
25-sentabr kuni Iroq Kurdistonida bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan saylovchilarning 92,7 foizi mintaqaning mustaqil bo‘lishini yoqlab ovoz berdi. Shundan buyon muxtoriyat rahbarlarining federal hukumat bilan ixtilofi davom etmoqda.
Izoh (0)