Damashqda ro‘y bergan uchta portlash oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, o‘ndan ortiq odam yaralangan.
Ikkita portlash politsiya shtabi yaqinida amalga oshirildi: xudkushlar qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgan paytda o‘zlarini havoga uchirdi.
Uchinchi terrorchi shtab binosi ortida qurshovga tushganida o‘zini portlatib yubordi.
Izoh (0)