Turkiyada havo politsiyasi tashkil etiladi. Yangi organning xodimlari mamlakat ichidagi reyslarni kuzatib boradi. Bu haqda Gursesintour.com portalida ma’lum qilingan.
Turkiya transport vaziri Ahmat Arslonning so‘zlariga ko‘ra, havo politsiyasiga respublikaning amaldagi xavfsizlik kuchlari xodimlari jalb qilinadi. Bundan oldin esa ular maxsus o‘quv kursini o‘tashi kerak bo‘ladi.
Transport vazirligi tomonidan ta’kidlanishicha, reyslarning havo politsiyasi tomonidan kuzatilishi oddiy fuqarolar xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, yangi xizmatning tashkil qilinishi so‘nggi ikki yil davomida muhokama qilingan. Havo politsiyasining qachondan ish boshlashi hozircha noma’lum.