Turkiya xavfsizlik kuchlari bir necha viloyatda FETO bilan aloqalarda gumon qilingan 70 nafar harbiy xizmatchini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar mamlakat qurolli kuchlari zobitlik tarkibi vakillari ekanligi bildirilmoqda.
Operatsiya Anqara, Qaysari, Ko‘nya, Izmir, Istanbul, Eskishahar va Yalova viloyatlarida o‘tkazildi.