Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya hamon Ukraina suverenitetini va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, Qrimning Rossiya tomonidan egallab olinishini tan olmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Biz Qrimning noqonuniy tarzda bosib olinishini tan olmaganmiz va tan olmaymiz ham”, — dedi u Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
9-oktabr, dushanba kuni Erdo‘g‘on Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelib, Pyotr Poroshenko bilan uchrashdi. Ular qator hujjatlarni, shu jumladan, 2017—2019-yillarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini imzoladi.