11−13-oktabr kunlari Toshkentda Tojikiston Madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Madaniyat kunlari doirasida konsertlar, “Zamonaviy Tojikiston” fotoko‘rgazmasi va hunarmandlar ishlari namoyishlari, shuningdek filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
11-oktabr kuni Tojikiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va o‘zbek-tojik biznes-forumi o‘tkaziladi.