AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya muxolifati qurolli tuzilmalari IShIDning norasmiy poytaxti — Raqqa shahriga yakuniy hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Suriya demokrtik kuchlari Raqqa shahriga yakuniy hujumdan oldin marralarini mustahkamlamoqda”, — dedi muxolifat vakili Mustafo Bali, biroq operatsiya qachon boshlanishiga aniqlik kiritmadi.
Harbiy operatsiya 7-10 kun vaqt olishi va Raqqani terrorchilardan to‘liq tozalashga imkon berishi kutilmoqda. Hozirda shaharning 80 foizi ozod etilgan bo‘lib, Raqqa markazi va shimolidagi ayrim hududlar jangarilar nazoratida qolmoqda.