Taniqli aktyor va rejissor Silvestr Stallone “Krid: Rokki merosi” filmining davomiga rejissorlik va prodyuserlik qiladi. Bu haqda akter Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Nihoyatda iste’dodli Maykl Bakari Jordan bilan rejissorlik va prodyuserlik faoliyatini kutmoqdaman. Yana bir raund!”, — deb yozdi Gollivud yulduzi xabarnomada.
https://www.instagram.com/p/BaDFp75jjfL/
Stallone “Rokki” va “Rembo” kinoepopeyalari orqali shuhratga erishgan. Ushbu filmga spin-off sifatida ishlangan “Krid: Rokki merosi” kartinasi 2016-yili katta ekranlarga chiqqan edi.