Yuz rangi o‘zgarishi bilan birinchi ajinlar va quruqlik paydo bo‘ladi. Yaxshiyamki, go‘zallik sohasidagi mutaxassislar terining tabiiy rangini saqlab qolish masalasini ko‘pdan beri o‘rganishadi va bu borada ancha ilgarilab ketishgan.

Foto: “Lady-4-lady.ru”

Terini parvarish qilish

Parvarish qilishning vazifasi – teri hujayralarining  tiklanish jarayonini ishga tushirish. Bundan keyin teri o‘z-o‘zidan o‘zgaradi – ajinlar unchalik sezilmaydi, yuz rangi esa ancha tekisroq  va nurliroq bo‘lib qoladi.

Bunday natijaga erishish uchun, xira tortgan yuz terisiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish kerak. Boshqacha qilib aytganda, parvarishlash albatta har tomonlama va muntazam bo‘lishi kerak.

Shuning uchun sifatli ravishda tozalash, tetiklantirish va namlash haqida unutmaslik lozim.

Zardoblar va busterlar ham terini parvarish qilishda katta yordam beradi. Fasllar almashish paytlarida, teri tezlik bilan tiklanishga muhtoj bo‘lganda albatta ulardan foydalanib turish lozim.

Ayniqsa teriga silliqlik va chiroyli rangini qaytarishni kafolatlovchi vositalarning tarkibi juda muhimdir. Aynan shu muammoni bartaraf qilish uchun tarkibida sabzi va anor ekstraktlari, na’matak , uzum danagi, kungaboqar yog‘lari bo‘lgan kremlarni tanlang.

Shuningdek hujayralarning yangilanishiga ziravorlar (zarchiva, badyan, dolchin) va har jihatdan foydali bo‘lgan shifobaxsh ne’matlar – asal va zanjabillar ham yordam beradi.

Chiroyli makiyaj

BB, CC va EE-kremlar parvarishlash va ajoyib tarzda silliqlash xususiyatlariga ega. Bu kremlar teri ehtiyojlariga bog‘liq ravishda har xil harflar bilan belgilangan.

BB-krem tuproq tusli va yog‘li teri sohibalari uchun yaratilgan. Yengil tonal vositasi teriga rang beradi, lekin shunday bo‘lsa ham uning ustida niqob kabi ko‘zga tashlanmaydi. Lekin krem husnbuzar va pigmentli dog‘lar kabi kamchiliklarni yashira olmaydi.

CC-kremlar mukammal ravishda terini silliqlash uchun yaratilgan. Albatta, ular negizli ta’sir qilish xususiyatiga ega va aniq ko‘rinib turgan kamchiliklar uchun yaxshi samara bera olmaydi.

EE-kremlar – terining tiniq rangi uchun kurashishda yana bir yordamchi bo‘lib hisoblanadilar. Ular nozik teri sohibalari uchun mo‘ljallangan. Yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalar va rangni go‘zallashtiruvchi pigmentlar tufayli EE-kremlar ajoyib tarzda oldiga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqadi.

Manba: “Lady-4-lady.ru”