Kartoshkadan bir necha o‘nlab turli xildagi eng mazali taomlar tayyorlash mumkin. Ular har doim ajoyib chiqishi uchun quyidagi oltita oddiy maslahatlarni eslab qoling:

Foto: “Xitrosti jizni”

  1. Mazali bo‘lishi uchun kesilgan kartoshkani qovurishdan oldin sochiq yordamida quriting, yog‘ solingan tovaga qo‘ying, yaxshilab aralashtiring va olovni pasaytiring.
  2. Pyure ichiga faqat isitilgan sut qo‘shing— aks holda u rangini o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek, pyure qilish uchun elektr moslamalaridan foydalanmang: mashhur oshpazlar haddan tashqari tez maydalash masalliqning zichligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar.
  3. Agar kartoshka muzlab qolgan bo‘lsa, shirinsimon yoqimsiz ta’mdan qutulish uchun uni qaynatishda suvga bir osh qoshiqdan tuz va sirka qo‘shing. Bu usulni eskirgan sabzavotlar uchun ham qo‘llash mumkin.
  4. Kartoshkani qaynatishda suvga shivit, sarimsoq yoki bosh piyoz qo‘shing — shunda taom yanada mazali va xushbo‘y bo‘lib pishadi.
  5. Yangi kartoshkaning po‘sti oson tozalanishi uchun uni oldindan sovuq suvga solib qo‘yish kerak.
  6. Agar siz kartoshkani tozalab bo‘lganingizdan keyin uni pishirishdan voz kechgan bo‘lsangiz, ularni oziq-ovqatlar uchun plyonkaga o‘rang, havosini chiqaring va sovutgichga qo‘ying. Shunda kartoshka qorayib qolmaydi va bir-ikki kun davomida o‘zining ta’mga doir xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”