Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim mamlakat hududida shubhali shaxslarni ushlash uchun AQShdan ruxsat so‘rab o‘tirilmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u NTV telekanali efirida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Turkiya huquqiy davlat, u kimnidir ushlash uchun AQShning ruxsatini kutib o‘tirmaydi”, — ta’kidladi bosh vazir.
Shuningdek, Yildirim muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen AQShda turganini eslatib o‘tdi.
4-oktabr kuni AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi, Turkiya fuqarosi Metin Topuz ushlangan edi. Shundan buyon ikki davlat aloqalari yomonlashib kelmoqda.
Izoh (0)