Barselona meri Ada Kolau Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi g‘oyasiga qarshi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“1-oktabrdagi natijalar mustaqillik e’lon qilinishi uchun asos bo‘lolmaydi”, — dedi Barselona meri.
Kolauga ko‘ra, Kataloniyadagi hodisalarni “Ispaniya demokratiyaga o‘tgan vaqtdan beri yuz bergan eng jiddiy tizimli inqiroz” sifatida baholash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Barselonada 8-oktabr, yakshanba kuni yagona Ispaniyani qo‘llab-quvvatlovchi aksiya bo‘lib o‘tdi. Unda millionga yaqin kishi qatnashdi.