AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi oxirgi chorak asr davomida yuritilgan siyosat natija bermaganini yana bir bor qayd qilib o‘tdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mamlakatimiz oxirgi 25 yil ichida KXDR bilan samarasiz ish olib bordi, bunga milliardlab dollar ishlatib, evaziga hech narsa olmadi. Siyosat ishlamayapti”, — deb yozdi prezident.
Tramp ko‘pdan buyon Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni tanqid ostiga olib keladi. Lekin, Oq Uyning keskin bayonotlariga qaramay, hali harbiy yoki siyosiy sohalarda jiddiy choralar ko‘rilmadi. Hozircha AQSh xalqaro kanallar orqali iqtisodiy cheklovlar joriy etish bilan cheklanmoqda.
Izoh (0)