Olmaotadan 76 kilometr masofada yer silkinishi sodir bo‘ldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Qozog‘iston seysmik tajriba-metodik ekspeditsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning 9-oktabrida Olmaota vaqti bilan 07:42 da yer silkinishi qayd etilgan. Uning epimarkazi Qozog‘iston hududida Olmaotadan 76 kilomet sharqda joylashgan.
Zilzilaning energetik klassi — 8,6. MPV magnitudasi — 3,5. Chuqurligi — 5 kilometr. Sezilish darajasi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)