Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi mamlakatning rus tilli fuqarolari huquqlariga daxl qilmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u davlat tilining lotin tiliga o‘tkazish loyihasi realizatsiyasi bo‘yicha ishchi komissiya bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, prezident islohot boshqa tillarning rivojiga to‘sqinlik qilmasligi va fuqarolar haq-huquqlarini buzmasligi lozimligiga urg‘u bergan.
“Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi rus tillilarning, rus tilining va boshqa tillarning huquqlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rus tilining kirill alifbosida ishlatilishi o‘zgarishsiz qoladi. U ishlashda davom etadi. Yangi alifboga o‘tilishi qozoq tilini o‘rganishni osonlashtiradi”, — dedi Nazarboyev.
Qozog‘iston yetakchisi alifbo almashtirish murakkab jarayonligini, undan ko‘zlangan maqsad til rivojini ta’minlash va uni xalqaro axborot maydoniga kiritish ekanligini tushuntirdi.
Izoh (0)