Microsoft ijrochi direktori Jo Belfior Twitter’dagi sahifasida Windows Phone bo‘linmasini bundan buyon rivojlantirish rejalashtirilmayotganini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning so‘zlaridan kompaniya yangi mobil uskunalar hamda Windows 10 Mobile uchun yangiliklar chiqarmasligi ma’lum bo‘ldi.
“Albatta, biz platformani qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz… Baglarni tuzatamiz, xavfsizlik tizimlari uchun yangiliklar chiqaramiz va hokazo. Ammo yangi funksiya va uskunalar chiqarish rejalashtirilmayapti”, — ta’kidladi Belfior.
Uning aytishicha, mahsulot foydalanuvchilari sonining kamligi kompaniya platformaga investitsiya kiritishdan voz kechishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)